Hech kimni sevmayman bo`ldi yetar bas, Menga bunday azoblar also kerakmas. Bu bechora ko`ngil bu hasta yurak, Bundayin qiynoqqa bardosh berolmas. Bir lahza ham ketmas hayollaringdan, Seni tark etmaydi uning visoli. Yuragingning bergan savollaridan, O`zni yo`qotasan telba misoli. O`ylaysan hayotni beshavqat deya, Hattoki ko`rinar ko`zga dunyo tor. Shunda malham bo`lar qalbinga faqat, Uning “sevaman” degani takror va takror. Tasavvur etib bo`lmas yerni samosiz, Yulduzli tunlarni charog`on kunsiz. Oyni quyoshsizu, tuproqni suvsiz, Shunday ekan qanday yashayman sensiz