Xonning qizi Xonzoda, boyning qizi Ozoda, dimog'lari fazoda , kimni sevsam bo'larkan? Zargar qizi Zarifa, shogirdida Sharifa, buncha go'zal Xanifa kimni sevsam bo'larkan? Yagona u-yagona, Durdonaga dugona, bo'lib Majnun devona, kimni sevsam bo'larkan? Sochi tolim Moxira, buncha zolim Nodira, bilsam holim Sobira, kimni sevsam bo'larkan? Gulsorami, Gulnora, Irodami, Dildora, Hayotimda ilk bora, kimni sevsam bo'larkan? Oydinoy yuzlari oy, Xosiyat husnga boy, Gulbaxormi, Gulchiroy, kimni sevsam bo'larkan? Gul tutdim Gulhumorga, dil tutdim Dilraboga, aytmanglar Zulhumorga, kimni sevsam bo'larkan? Kimga bog'layin rishta? Ex sevish ham bir ish-da! Do'stlarim bir ko'rishda, kimni sevsam bo'larka