O'zga yurtda musofir bo'lib,
Bor vujudi sog'inchga to'lib.
Tunda cho'chib uyg'onib turib,
Vatanini sog'inganlar bor.
💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡
Bolam degan so'zlarin eslab,
O'z-o'ziga deydorin tilab.
Gohi tunda, gohi ertalab,
Onasini sog'inganlar bor.
💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡
Bolam deya har gal erkalab,
Farzandi uchun duolar tilab.
Kimlardandir daldalar izlab,
Otasini sog'inganlar bor.
💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡
Qaq-qah urib handalar otib,
Kulishadi davralar olib.
Ishlashadi sovuqda qotib,
Yaqinlarin sog'inganlar bor.
💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡
Kelarmikin bir dam deb kutib,
Har on o'zin sog'inchdan tutib.
Yurishibdi azobu-iztirob yutib,
Yorlarini sog'inganlar bor.
💡💡💡💡💡💡💡💡💡💡
Muhim em