Boray desam yo'l uzoq, Suymaganga suykaldim. Ko'zlarim yo'lda muxtoj, Sarg'ayib somon bo'ldim. Gunoh faqat o'zimdan, Sevib qolgan ko'zimdan. Qalbim o'jarlik qilar, Befoyda bu so'zimdan. Menga shu qizdan o'zga, Go'zalroq qiz yo'qmidi. So'zlari boldan shirin, Asalroq qiz yo'qmidi. Muhabbatning xudosi, Bevafoni qarg'aydi. Kim birovni aldasa, Uni birov aldaydi.