Chayon chaqsa, chaqqan joyi ko'rinar,Ilon chaqsa, zahri so‘rib olinar,Boshing silab joning sug‘urib olsa-Odamning zahriga davo ne bo‘lar. Bilolmaysan kimning ichda qorasi,Bilolmaysan yuzdan inson sarasin,Do‘stlaringdan chiqsa yovning to‘dasi,Odamning zahriga davo ne bo‘lar. Tandagi jarohat bitadi bir kun,Hatto unutilib ketadi bir kun,Dildagi jarohat qiynaydi har kun,Odamning zahriga davo ne bo‘lar. Ichingdagi dushman buqalamundir,Ming xilda tovlanar nag‘masi ko‘pdir,Zoti ham aniqmas, laycha yo itdir,Odamning zahriga davo ne bo‘lar. Luqmonu Hakim yo Ibn Sino ham,SHu savolga jimdir meditsina ham,CHaqib o‘ldirsa-ya, odamni odam,Bilmadim olamga kim yordam berar,