Men tunlari seni o'ylayman, Tongga qadar ko'zlarimda nam... Ne bo'lishin endi bilmayman, Endi kimni etarsan "erkam" Sen unutgin, totli onlarni, Eslamagin mayus chexramni. Yuragimda sizgan qonlarni, Sen ko'rmading, ko'zdagi g'amni. Yulduzlarga qo'llarim cho'zib, So'ragandim har kecha yog'du. Bas! Ketaman umidim uzib, Yuragimni poralar qayg'u. Hiyobonni eslasam agar, O'zgacha bir hayajon aro. Yodga tushsa o'sha on har gal, Bu jonimga kirardi oro... Muhabbatni Tangridan so'rab, Sira meni sen yo'qlab kelma! Sevmasang ham ko'zimga qarab, Faqatgina sevmayman dema. Men ko'p yozdim, tanqid, adolat... Seni esa olaman yodga, Taqdir menga qildi jaholat, Sig'dirmadi shu keng hayotga. Lek roziman, b