Tangri bizni yorlaqab, yorlik qilur,Ko‘nglimizni o‘ziga zorlik qilur.Ul go‘zal ko‘zlarki, giryondir anga,Ul humoyun dilki, biryondir anga.Har yig‘ining oxiri bir xandadir,Oxirat mardi muborak bandadir.Yig‘laganlarni aya, nam istasang,Notavonlarni aya, rahm istasang...* * *Bo‘yladir ushbu jahonda qiylu qol,Och ko‘zingni, boq jahonga, ibrat ol.Sen o‘zingdan-ku qocholmassen, aniq,Bas, netib Haqdin qocharsen, ey rafiq?Bedavolar mulki dunyo izlagay,Baxtiyorlar mulki uqbo izlagay...* * *Dedi: sir aytilsa, sirdan bormu sud,Juft toq bo‘lgay gahi, gah toq juft.Urmagil dam, tiyra tortgay oyina,So‘ngra aksingni qoraytgay oyina.Uchta so‘zga kam qimirlat sen labing,Aqchangu yurmoq yo‘ling ham mazhabing.S