Onamga she'r yozsam yozolmayapman,
Koz yoshim yozuvni yuvib ketyapti.
"Musofir" dostlarim men bilolmayapman,
Bugun kim onasin soginmayapti.
Shu pulning ishqida dunyo kezyapmiz.
Ba'zan yig'lab ba'zan kulyapmiz,
Bir mushtipar bizni uyda kutyapti.
Ayting kim onasin soginmayapti,
Har kuni ishdan qayatganimiz mahal,
Yoki erta sahar uyg'onganimizda.
Kim sizni onangizdek kutib olayapti,
Kim bugun onasin soginmayapti
Ko'z oldimdan ketmas ma'yus yuzlari,
Mehirdan yonadi onam ko'zlari.
Bizni kutib tuni bedor o'tyapti.,
Shundek onani kim sog'inmayapti.
Men bugun onamni yomon sog'indim,
Sog'inchdan ko'z yoshim daryo bo'lyapti.
O'zimcha she'r yozib biroz yozildim,
Ayting kim onasin sog'inmayapti.
Onajon