Men cho'qqini ko'zlagan chog'da, qulab tushma dedi birovlar, Sof sevgini ko'zlagan chog'da, haddan oshma dedi birovlar,Yo'llarimdan adashsam, kuysam, xulqi yomon dedi birovlar, Gar boshimni yostiqqa qo'ysam endi tamom dedi birovlar, Men o'zimni o'nglasam sal pal ko'p adashdi dedi birovlar, Qo'lim biroz uzaygan mahal biz qarashdik dedi birovlar!