Mendan kechib osongina ketdingizmi?
Mensiz baxtga ayting endi yetdingizmi?
Qarg'amayman sizni yorim baxtli bo'ling!
Qadrim bilib meni qumsab og'rinasiz.
Azob chekib hali shunday sog'inasiz.
Jondan ortiq axir sizni sevgan edim,
Umrimni ham baxshidalar qilgan edim,
Bugun esa sevganimga afsus dedim,
Qadrim bilib meni qumsab og'rinasiz.
Azob chekib hali shunday sog'inasiz.
Tashlab ketar hali o'shal yorlaringiz,
Ko'ngil bergan ko'ngildagi borlaringiz,
Rost bo'lsa gar yurakdagi zorlaringiz,
Qadrim bilib meni qumsab og'rinasiz.
Azob chekib hali shunday sog'inasiz.
Menku sizni kelarmi deb oylar kutdim,
Bir so'z demay dardlarimni ichga yutdim,
O'zni aldab deyman sizni men unutdim,
Qadrim bilib meni