Onam mening ko'zlarimga nur,
Otam mening so'zlarimga dur,
Alloximga beadad shukur,
Ota onam borligi uchun.
Yuragimda g'am ochmas tugun,
Davralarda ko'nglim to'q bugun,
Hech kimdan kam joyim yo'q bugun,
Ota onam borligi uchun.
Ota onam go'yoki malak,
Ayting menga yana ne kerak,
G'urur bilan uradi yurak,
Ota onam borligi uchun...
___AxG___