"Ona-jannat eshigi" Ona mo'tabardir, ona muxtasar, Hatto arzimaydi ming bitta asar. Qadriga yetmaymiz jannatni bizlar, Bolam deya hatto tushida sizlar. Onalar oldida egaylik boshni, Bo'ldi endi ko'tar ko'targin qoshni. Onanga bir bora kulib qaragin, Sen uchun ayamas hatto ko'z yoshni. Ba'zida shaytona sherik bo'lamiz, Onalar oldida shoshib qolamiz. Hatto duolarni jerkib olamiz, Ammo qirq yoshda ham unga bolamiz. Seni kim dunyoga keltirganini, Do'stim bir soniya unutmasang bas. Hammasi o'tkinchi barchasi bekor, Onang qiyomatda ham seni unutmas. SEN HAM VOLIDANGNI UNUTMASANG BAS!!!♥