Charx urar bir o'y kallada, O'ylab o'yga yetolmam zor. Qayda ekan shu pallada, Peshonamga yozilgan yor. Ne bilandir banddir balki, Yo erka farzanddir balki. Tuzdir yoki qanddir balki, Peshonamga yozilgan yor. Ul yorim meni sezarmikin, Hayollarda kezarmikan. Yo kimnidir sevarmikan, Peshonamga yozilgan yor. Qo'llari gul pazandadir, Yo nozi ko'p arzandadir. Tavba, balki gazandadir, Peshonamga yozilgan yor. Yaxshi niyat,yarim davlat, Yaxshi yor yigitga savlat. Iloho bo'lsin beillat, Peshonamga yozilgan yor. U yaxshidir yoki yomon, Qaydan bilsin, oshiq nodon. Kelsin bag'rimga sog' omon, PESHONAMGA YOZILGAN YOR.