Musofirlik risqin terib yurganlar...
Yillab ketsalar ham Vatandan yiroq,
Unutmaydi ona tuprog`in biroq.
Yuragini yemiradi ayriliq, firoq,
Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Uy-joylarning ortida qancha mehnat yotibdi,
Kimlar devor quraru, kimlar shifer qoqibdi.
G`iybatchilar ularga nelar deb gap otibdi,
Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Uylar qursa qurar mehnatin ortidan,
Mashina minsa minar davlatin ortidan.
Xech ham xor bo`lmas hunarin ortidan,
Oson tutmang o`zga yurtda yurganlarga,
Musofirlik risqin terib yurganlarga.
Ularga hamisha Xudo bo`lib yor,
Qayda bo`lsalar ham bo`lsin baxtiyor.
U