Xo'p kuldingiz ustimdan, Sizga ipsiz boylansam. Uyalib qolmang erkam, Begingizga aylansam. Tovus qadam, yuz anor, Qo'lingizdan tutgim bor, Bo'lardimda baxtiyor, Begingizga aylansam. Men yerdaman oydasiz, Dil izhorlar foydasiz, Xali javob berasiz, Begingizga aylansam. G'animlar og'zin yopib, Qolsa omadim chopib, Ko'nglingizga yo'l topib, Begingizga aylansam. Ex, xavas qilmasdi kim, Yonimda tursangiz jim, Oq libosu kastyum- shim, Begingizga aylansam. Shijoat bor axtimda, Sizga etmoq baxtimda, Suv ichasiz kaftimda, Begingizga aylansam...