"XUSH KELGIN DUNYOGA MOXI RAMAZON"
Oylarning Sultoni, Afzali o'zing,
Kelishing bir Azon, ketishing Azon,
Tangrim Inoyati sening risq-ro'zing,
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon!
O'ldirsa sendagi Sabr o'ldirsin,
Xoli yo'q bo'lsin so'ng rangin so'ldirsin,
Kelishing ko'zlarni yoshga to'ldirsin,
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon!
Yoqimli nishini Taqvo sanchadir,
Ko'nglidan shaytonni ezib, yanchadir,
Seni intiq kutgan Dillar qanchadir,
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon!
Xar kuning Jannatdan beradir darak,
Qur'ondan Shaytonga otib zambarak,
Laylat-ul Qadring ham bo'lib muborak,
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon.
Savobni qoldirsa "Amal" elagim,
Robbimga Duola ochib bilagim -
so'r