"Meni unutmaysiz, unuta olmaysiz... "
Shirin uyqingizni buzib kelaman,
Sokin tushingizga suzib kelaman...
Cheksiz xayolingiz uzib kelaman,
Meni unutmaysiz, unuta olmaysiz...
Bedor tunlar ichra esga olasiz,
Xomush chog'ingizda izlab qolasiz...
Yodingizdan o'chirolmay tonasiz,
Meni unutmaysiz, unuta olmaysiz...
Shu tosh yuragingiz zabt etgan ko'zim,
Xasta dilingizga sanchilgan so'zim...
Bitmas xayolingiz band etgan o'zim,
Meni unutmaysiz, unuta olmaysiz...
Bir go'zal yonida meni ko'rasiz,
Ammo unda meni aksim ko'rasiz...
Shunda ko'zlariz yoshlab yig'lab olasiz,
Meni unutmaysiz, unuta olmaysiz...