Ayirdilar bizni beor zolimlar. Yor-yor aytib yanga xonimlar, O'zgalar saylandi sizni sevishga , Xaqqim yo'q endi men yorim deyishga. Sevar edim o'zimdan ortiq, Aylar edim xatto jonimni tortiq, Armonlar otlandi bizni ezishga, Xaqqim yo'q endi men yorim deyishga. Shirin orzu bilan biz uchrashardik, Quvonib shodlanim suxbatlashardik, Shodliklar aylandi yonib kuyishga, Xaqqim yo'q endi men yorim deyishga. Unutmasman bas yor o'sha onlarni, Biz uchrashgan o'sha xiyobonlarni, Mador yo'q sizsiz qadam qo'yishga, Xaqqim yo'q endi men yorim deyishga.