Erta tongda ko'zlarim ko'rib, Oyoqlarim yerni his qilib, Yashab tursam yuragim urib, Shukur senga, qodir Allohim! Yashamoqlik qadriga yetib, Sinovlardan mardona o'tib, Yaxshilarning qo'lidan tutib, Yashamoqni yetkaz, Allohim! Dunyolarga sig'may qolishdan, Kelmaganni kutib tolishdan, Ko'tarolmay boshni bolishdan, Yashamoqdan asra Allohim! Tanxo senga yetadi ohim, Bu dunyoda yolg'iz panohim. Ikki dunyo asl Guvohim O'zingdirsan Qodir Allohim!!!