Suymagganni suydirgan o'sha
Kuymaganni kuydirgan o'sha.
G'am alamga to'ydirgan o'sha
Muhabbatga o't tushsin tangrim.
Majnunlarga vatan bo'lgan cho'l
Yosumanning qo'lidagi gul,
Gunohlarga boshlaguvchi yo'l.
Muhabbatga o't tushsin tangrim.
Menga sevgi madhin yozdirgan
Dildan,tildan,yo'ldan,ozdirgan,
Triklayin qabrim qazdirgan.
Muhabbatga o't tushsin tanrim.
Ko'zlarimdan yosh bo'lib oqqan,
Hijronlari ilondek chaqqan.
Tirik tanim do'zaxdek yoqqan,
Muhabbatga o't tushsin tangrim.
Muhabbat yo'q, muhabbat sarob.
Sadoqat yo'q sadoqat xarob,
Agar bo'lsa berardi javob.
Muhabbatga o't tushsin tangrim.
Tonggi otmas tunnlarim haqqi.
Kuni botmas kunnlarim haqqi,
Azoblarim munglarim haqqi
Muhabbatga i