Mayus boqar oyning ko'zlari,
Qora bulut qoplar yuzlarin.
Yarim tunda uyqu kelmayin,
O'tirarman bir qizni qo'msab.
Balki u ham mayusdir xozir,
Uyqu yo'qdir yig'lar bechora.
U ham balki boqar osmonga,
U ham meni sog'ingan balki.
Ko'zlaridan qalqib chiqar yosh,
Menda esa yurak o'rtaydi.
Yolg'izlikka berolmay bardosh,
Hamon mayus oyning ko'zlari.
O'tirarman u qizni qo'msab,
Hayollarim uchar u tomon.
Bo'sh bag'rimni yana to'ldirib,
Quchsam deyman u qizni har on.
Osmonlarga termulgan ko'zim,
Izlar qizning mayin nigohin.
Balki qiz ham izlar samodan,
Bir bor ko'rsam der meni holim.
Ko'z yoshlarga yuvilar yuzi,
Qiz yig'lamas yetadi sabri.
U osmonda yig'laydi bulut,
Yig'lar