Kunlarning birida, sodir buladi buyukliklar. Hatoliklar ham tugiladi kunlarning birida. Kunlarning birida ishonib dil bergan qadrdonlaring, seni hayron-hayron qoldirib hiyonatning baridan tutar. Kunlarning birida, omading o'ng bulganin kurib, qaytib kelar huzuringa bot takror-takror uzrlar surab, yugon-yugon buyinlari ham zavolingni kutgan hoksor g'animlar. Kunlarning birida, cil-parcin qilib sindirib ketar umidlaringni, niyatlaringni, toqatlaringni, sabrlaringni kurinmas balo oyoging ostidan ciqqan oddiy tasodif. Kunlarning birida , yuqotasan borki topganlaringni... Kunlarning birida , sen bilan qoladi faqat yolgizlik .