Ming marta sog'ingan
sevgimga, Bir marta
sog'insang yetardi.
Ming yilga yetgulik
sevgimga, Bir lahza
sevganing yetardi.
Har kuni yo'lingni
poylasam, Jilmayib
qo'yganing yetardi.
Sevgingni olamga
yoyguncha, Pichirlab
aytganing yetardi.
Sevishni bilmadim
azizam, Bildirding,
bilganing yetardi. Bir
umr begona
bo'ldimku, Arazlab
qolganing yetardi.
Yolg'izlab qo'ydingku
YOLG'IZIM, Umidvor
bo'lganim yetardi.
Ko'ksimda bir buyuk
sevgi bor, Senga
ham, menga ham
YETARDI.