Umrim so`ng
lahzaga
chopmoqda Sensiz,
Hajringda to`kildim,
yiqildim, sindim.
Sensiz o`tgan
kunim quyoshsiz,
kunsiz...
Yomon
sog`intirding...
Yomon sog`indim...
Bir qadam orasi
milyon yillik yo`l,
Ko`kdasan -
qo`llarim yetmay,
topindim.
Qalbim gulzorini
egalladi cho`l-
Yomon
sog`intirding...
Yomon sog`indim...
Yuragim ohida
tomchilaydi qon-
Yaramga tuz sepib,
dardga ovundim...
Nechun
anglamaysan, sen
menga ishon-
Yomon
sog`intirding...
Yomon sog`indim...
Yana yuragimni
tildi o`sha dard-
Yana sensizlikka
chorasiz ko`ndim...
Yana hayollaring
etdi
kishanband-
Yomon
sog`intirding...
Yomon sog`indim...