SIZ HAM MEN HAQIMDA O'YLAGANMISIZ...? Oyning orzusini osmon bilgaydir, Quyosh ko'zgusini Tangri tutgaydir, Ayting dilingizdan nelar o'tgaydir? SIZ HAM MEN HAQIMDA O'YLAGANMISIZ...? Har on, har soatda sizni o'ylayman, Azobda, rohatda sizni o'ylayman, Hatto ibodatda sizni o'ylayman, SIZ HAM MEN HAQIMDA O'YLAGANMISIZ...? Qaldirg'och ayvonin sog'ingan kabi, Gullar bog'bonin sog'ingan kabi, Mezbon mehmonni sog'ingan kabi, SIZ HAM MEN HAQIMDA O'YLAGANMISIZ...? Jonimni chertsalar jarangidasiz, Yakkasiz, Turon, Rum, Farangidasiz, Shahzodam siz muhabbat rangidasiz, SIZ HAM MEN HAQIMDA O'YLAGANMISIZ...? Demishlar har gulning gulobi shirin, Oftobni suydirgan muhtobi shirin, Oshiqga vaslingiz sharobi sh