Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Xotira. (A.Oripov) Bir xabar tarqaldi Yarim tun edi Go'yo g'am seliga botdim,yo'qoldim Kimdir yo'lboschimdan ayrildik dedi Menchi aziz do'stdan ayrilib qoldim * * * * Kimning hayoliga kelmishdir axir Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor Alam bo'g'zimizda achchiq va taxir Bu g'amning na cheki na chegarasi bor * * * * Ketdi nogahonda aytmay biror so'z Xijron oloviga barchani tashlab O'zbek osmonida so'ndi cho'ng yulduz Kattayu kichikning ko'zini yoshlab. * * * * Biz noqis bandalar òylamay goho Boshimiz silagan qòlni tishladik Yuz yillab teskari aylandi dunyo Òz emas òzgalar uchun ishladik * *