Kechir gulim...
Balki tunlar meni o'ylab ovunmading
Hayolingda marjon kabi tizilmadim
Balki bu tong ko'z yoshingni tiyolmading
Kechir gulim, seni qishdan asrolmadim...
Balki tunlar rasming ila ovunarman
Lek Majnundek men xor bo'lib yig'lamadim
Balki bu tong izlarmanu topolmasman
Kechir gulim, seni qishdan asrolmadim...
G'ururimni sog'inch yengdi or qilmasdan,
Armon baxtim tutdi bugun xor qilmasdan.
So'limagin bu qalbimni zor qilmasdan,
Kechir gulim, seni qishdan asrolmadim....
Qarog'ingda porlar edi o'tli sevging,
Gul-g'unchaday qizil edi yanoqlaring.
Ko'z o'ngimdan ketmaydi hech dudoqlaring,
Kechir gulim, seni qishdan asrolmadim....
Xazon bo'lding o'zligingni ravo ko"rmay,