Ey Musofir,
Ey musofir, sendan katta iltimos,
Qayda bo'lsang joning, doim asrab yur.
Ne bo'lsa ham qadding tutgin misli g'oz,
O'zbekman de, o'zligingni maqtab yur.
Ey musofir, sendan katta iltimos,
Musulmonmiz, iymoningni yo'qotma.
Pokiza yur hardam, taqvodorga hos,
Harom luqma totib aslo yutoqma.
Ey musofir, sendan katta iltimos,
Ko'zingni tiy, zino yo'llarga kirma.
Namoz o'qi, Islomga qo'ygin ixlos,
Tilingni tiy, yomon so'zni gapirma.
Ey musofir, sendan katta iltimos,
Noning yegin faqat haloldan topib.
Bu dunyoda yumish ko'p zoti iflos,
Ular ko'rib qo'yma aqling yo'qotib.
Ey musofir, sendan katta iltimos,
Yaxshilik qil, mayli, g'ayri dinlarga.
"Ollohu akbar" deb, chiqarg