"Payqamaydi", - deb o'ylar shamol,
Ko'z yoshimga turtinib o'tdi.
- U sezmaydi, - dedi, - telbahol. -
Jiyda gullar iforin tutdi.
"She'r yozaylik", - imlar bulutlar:
"Ko'z yoshingga bo'lay qofiya..."
Guldiraklar ko'nglimni qutlar,
Ufq lavhida siniq hoshiya!
- Meni sez! - der keskin manzara,
Savalanar bir chetda yalpiz.
- Meni sez! - der dudog'i yara, -
Sezganimdek men seni yolg'iz.
Tarnovlardan oqqan tarona,
Mungiga jo'r bo'lmog'im istar.
Yuragimga anduh parvona,
Qog'oz-qalam olmoqqa qistar.
Bir sidraga sizilar borliq,
Bir martaga poklanar qalbing.
Men ketaman boshimni olib,
Men ketaman, lahzalar... qalqing!
Men ketaman, hayrat hududi,
Turgil ortda qolmoqlikka shay!
Men k