Aka uka qarindosh,bir biriga otar tosh,boriga qilmay bardosh,MOL TALSH DUNYO TALASH.Ota molini ko'zlashib,begonadek so'zlashib bir biriga bo'zlashib,MOL TALASH DUNYO TALASH.Barisin olib cho'tga,o'zlarin otib o'tga,bir birin berib sudga,MOL TALASH DUNYO TALASH.Dunyo qolar xammadan,boylik qolar xammadan,kechib xola ammadan,MOL TALASH DUNYO TALASH.Xammadan tez chopay deb,old orqamni yopay deb,obro' mansab topay deb,MOL TALASH DUNYO TALASH.Ona ko'zini yoshlashib,Ota ko'nglini gashlashib,Aka Uka mushlashib,MOL TALASH DUNYO TALASH.Ex oqibat o'ldimu? Mexr guli so'ldimu? yo qiyomat bo'ldimu? MOL TALASH DUNYO TALASH.....