Kamtar ból kamtar ból kamtar ból inson,
Bilib qóy topmoqdan yóqotmoq oson,
Hech qachon berilma kibr-u havoga,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Dóst bor dasturxonda oshingni yeydi,
Dóstlar bor maydonda boshingni yeydi,
Yiqilsang qól chózmas battar ból deydi,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Uch narsani doim qochgin zarbidan,
Ichkilik, Qarzdorlik, ayol makridan,
Sinib ketish oson shular jabridan,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Doim ota onang yodinga solg’in,
Qarindosh, qondoshdan sen habar olgin,
Kamtarlik darsini mukammal bilgin,
Manmanlik yomondur manmanlik yomon.
Qora dog’ tushmasin dilingni asra,
Pul topsang kerilma, fe’lingni asra,
Ózingni bosib ol tilingni asra,
Manmanlik