Qalbi, feli, torlikdan, Shirin sözga zorlikdan, Ikki dunyo xorlikdan, Robbim özing Asragin!!! Ig'vo, fitna, tuhmatdan, G'iybat turli kulfatdan, Qalbi qaro ulfatdan, Robbim özing Asragin!!! Manmanlik ham riyodan, Qabul bölmas duodan, Og'ir damda jazodan, Robbim özing Asragin!!! Yomon fel, yomon amal, Yomon nafsdan Asragin, Yaxshilarga yaqin qil, Har nokasdan Asragin!!! Yomon tilning zahridan, Shayton Lain Shahridan, Qahhor oting qahridan, Robbim özing Asragin!!! Molu dunyo fahridan, Azobga duchorlikdan, Rahmatingga zorlikdan, Robbim özing Asragin!!! Omonatin ol oson, Iymon bilan chiqsin jon, Jannatda uray Javlon, Dözahingdan Asragin!!! Ey Parvardigor! Seni sevuvchi xar bir bandalaring q