Qaylarda, kim bilan vaqting chog' bugun,
Yurgan yõllaringda kim õrtoq bugun.
Yuraging qalbimga kõp uzoq bugun,
Hozircha yodingda yomon bõlaman.
Kun kelar buyuk bir armon bõlaman.
Yõlinga tõshadim oshiq kõnglimni,
Tosh diling sezmadi xasta dilimni.
Kulgu-la õynading borim, sevgimni,
Yuraging sezmagan tug'yon bõlaman.
Kun kelar buyuk bir armon bõlaman.
Tuyg'ular yuraging g'ashlab ketganda,
Bevafo kõzlarng yoshlab ketganda.
Kimdur yurib-yurib tashlab ketganda,
Qalbinga qadalgan paykon bõlaman
Kun kelar buyuk bir ARMON bõlaman