Xavolanib uchgan zarrayu qumlar, Suvga yetib kelgach yeldanda qolar. Tog'lardan, sel bilan oqayotgan toshlar, Tuzga yetib kelgach seldanda qolar. Bu dunyo aldoqchi ishonma unga, Otangdan qogandur sendanda qolar. Yo'lga chiqsang o'ngu so'lungga qara, Qancha shaxar, qancha mozor, qancha maqbara. Unda barcha tengdur gadoyu to'ra, Sozanda chalyotgan nayingdan so'ra. Sozu, nozu, raqqosa, eski nag'ora, Boshqalardan qolgan, sendanda qolar.