O'n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajab, chun sarvunozim o'n sakiz yoshindadur. Desa bo'lgaykim, yana ham o'n sakiz yil xusni bor, O'n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur. O'n sakiz yil dema, yuz sakson yil o'lsa, o'dirur, Xusn shoxi, ul balolarkim, ko'zu qoshindadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi Ezid taolo sungi naqqoshindadur.
Tan anga siymu ichinda tosh muzmar ko'nglidin,
Aqilga yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur.
May ketur, ey mug'ki, yuz xayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.