Har qachon yuragim so’roqqa tutsa, Dunyoda u faqat sizni biladi. Birko’rgancha bo’lmas ming bor eshitsam, Sevganim, men sizni ko’rgim keladi. So’zingiz tinglashni baxt deb qo’ymagan, Yurakka ko’zlarim havas qiladi. Ko’zlarimshuncha payt boqib to’ymagan, O’shalko’zlaringiz ko’rgim keladi. Xayriyat, qilchadek sovuq tolalar, Otash so’zlarimni elta oladi. Lekbir bor so’z qotib dilga o’t solar, O’shal dudoqlarni ko’rgim keladi. Tushlarim hech sizdan ketolmas nari, Nahot ishqda faqat hijron bo’ladi. Sevgi shirin azob bergani sari, Yanada kuchliroq sevgim keladi. Sizni hayotimda borim deganman, Buni faqat men va Alloh biladi. Har bir nafasimni olar ekanman, Sevganim,sizni bir ko’rgim keladi