Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Har baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi!..
Garchi bisotingda “bayram” so`zi yo`q,
Bilaman, kutasan sandal to`la cho`g`,
Menda yurak deganlarini o`zi yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam?..
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi havas…
Axir, mening dardim she`r emas faqat,
Men mashhur shoirmas-mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o`g`ilmanmi.. ayt?..
Sha`ningga s