Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Qarshi sas topilmas bir o‘ktam, Shovqinlar shaharni yengadi. Olomon ko‘nglingni g‘ajib ham Xijolat chekmaydi negadir. Yo‘llarni yutadi avtolar Tabiat asabday buzilgan... Bizning ham, kuzning ham qismati Eng arzon ranglarda chizilgan. O‘ylasang qolmagan o‘yligi, Bir ezg‘in, betizgin yashamoq ... Uzilgan rishtalar zanjirband – Bog‘langan rishtalar qirq yamoq. Zabardast os(u)mon dardini Chumoli iniga ekadir. Olamlar tushungan! bir-birin Odamlar tushunmas negadir.