Sórama bu she'rning muallifini, Uni azob yozgan, uni dard yozgan. Kirib, sevaman deb aytishga qórqib, Eshiging tagida turgan mard yozgan. Sórama bu she'rning muallifini, Yomg'irday ivigan, bulutday tózgan. «Nimaga kirmadim, nega aytmadim», Uni afsus yozgan, pushaymon yozgan. Sórama bu she'rning muallifini, Gapingni aytaman ózini kórsam. Bechora siqilib yuruvdi ózi, Senga yoqqanidan bóladi xursand. Sórama bu she'rning muallifini