Ne ham derdim o'zga yorni kutar bo'lsang, Biz g'aribni bahrimizdan o'tar bo'sang, Baxtiyorman agar baxtga yetar bo'lsang, Yuragimni qaytarib ber ketar bo'lsang, //// Sen u mening tinchimizmi buzib yurgan, Ayriliqni ko'p oldindan sezib yurgan, O'sha o'zing rahim qilmay ezib yurgan, Yuragimni qaytarib ber ketar bo'sang.//// Ko'zda yosh-u dod solishga yo'q ovozim, Yig'layotir ko'ngildagi dardli so'zim, Senga so'ngi o'tinch so'ngi iltimosim, Yuragimni qaytarib ber ketar bo'sang.//// Baxt bezasin endi yurgan izlaringni, Chidaymizda sog'inganda yuzlaringni, Hayolimdan olib ket-u ko'zlaringni, Yuragimni qaytarib ber ketar bo'lsang...