Rashk qilaman, rashk qilaman, rashk,
Tomirimdan armon sizgudek,
Yuragimni birov ezgudek,
Qondek tomar ko`zlarimdan ashk,
Rashk qilaman, rashk qilaman, rashk,
Kecha bosgan izlarimdan ham,
Ajin tushgan yuzlarimdan ham.
Kulib turgan ko`zlarimdan ham,
Rashk qilaman, rashk qilaman, rashk,
Qarashlaring qilmoqda ado,
Sen Malika, men bitta gado.
Sochlaringni silasa sabo,
Rashk qilaman, rashk qilaman, rashk,
Rashk oldida turolmayman tek,
Osmon qadar o`sar g`urur, kek.
Yuragimni yulib olgudek,
Rashk qilaman, rashk qilaman, rashk,
O`tdek yonar xasta jonu tan,
Olovlarda qaynaydi badan.
Bilmaysanda, seni hammadan,
Rashk qilaman, rashk qilaman, rashk