Ot ham qozig'ini topar aylanib,
Ketmoqqa turibsiz buncha shaylanib,
Qolmang makrlarga siz ham boylanib,
Kirar eshigingiz qattiq yopmang yor,
Bir kuni yonimga qaytmog'ingiz bor.
Ezmoqda dilimni allanechuk g'am,
G'ashimga tegmoqda siz mavjud olam,
Ko'nglingizga taskin beray desam ham
Qovoqlaringizdan yog'ar nechun qor?
Bir kuni yonimga qaytmog'ingingiz bor.
Asabingiz tori tortilgan tarang,
Men ham ko'nglingizga qarayman arang,
Birorta olifta qildimi garang.
U sizni kutarmi mendayin bedor,
Bir kuni yonimga qaytmog'ingiz bor.
Sabr kosam to'lar bir kunmas bir kun,
Sizni ham chaqadi ilon kabi tun,
Qilmangiz dilimni bunchalar zabun.
Qaytar dunyoligin unutmang zinhor,
Bir kuni yon