Qalamlarga aytsam dardlarim,
Ular bezor xo'rsinib qo'ydi,
Varoqlarga bitsam qaydlarim,
Yig'lab yig'lab bariga ko'ndi!
Bir kunga yetmadi sensiz bu bardosh,
Yig'ladim tinmadi ko'ksimdagi yosh,
Qo'llaringni tutsang qo'yarmidim bosh,
Ey mening Oy Qizim Mening Oy Qizim!
Istamadim bilmadim bari bir,
Qo'rqudan yuragim qaltirar dir dir,
Ey mening malikam malika Budur,
Sog'indim ortingga qayta qol gulim!
Bir sonya yetadi sog'inishimga,
Hech sabab topilmas bir kulishimga,
Dardimni aytishdan charchadim tunga,
Bir bora kulishing sog'indim Oy Qiz!
Yakkayu yagona olamda bitta,
O'zgani bilmadim men uchun bitta,
Yuztaga alishmam kelsa ham mingta,
Sen mening yagona muxabbatimsan!