Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
O'kinmang hech qachon baxtim kam deya, Endi ko'zda mudom armon nam deya. Zerikmang bu dunyo azal kam deya, Siz hali hammadan baxtli bo'lasiz! Bilaman bu dunyo aslida bir kam, Kimningdir ko'ksi tog' kimningdir ko'zi nam. Vaqt bariga malham, vaqt oliy hakam. Siz hali hammadan baxtli bo'lasiz! Bugun ortingizdan g'iybat qilurlar, Oqni qora deb tuhmat qilurlar. Ko'rasiz ertaga hasad qilurlar, Siz hali hammadan baxtli bo'lasiz!