Sevib qolgan odam telba bo'ladi,
Oshiqlik ko'zlaring ko'r qilar ekan.
Buni ko'ngil bergan inson biladi,
Men baxtli bo'laman faqat sen bilan.
Sen bilan yashasam bir umr shodon,
Yurakda qolmasa zarracha armon,
Bir ko'rib aqldan ozganman ishon,
Men baxtli bo'laman faqat sen bilan.
Menga kerak emas sendan boshqasi,
Sen bilan charog'on jonim dil qasri,
Sen bilan go'zaldir muhabbat fasli,
Men baxtli bo'laman faqat sen bilan.
Yolg'izim, men uchun bitta jilmaygin,
Oshiqlik bahorin sezsin dil mayin,
Yashayman bir umr xafa qilmayin,
Men baxtli bo'laman faqat sen bilan.
Menga yordam bergin, qalbimni tushun,
Sensiz bir kun qolsam ahvolim tushkun,
Bir bor yig'latmayman deb qasam