Dardu-g'am nuratar ko'ngil to'rini,ko'z yoshing ortirar joning sho'rini.Murda topavermas ba'zan go'rini,yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.Bolangni ko'ziga qarolmaysan gox,otangni koriga yarolmaysan gox.O'zingga-yu chidab turolmaysan gox,yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.Manman degan yigitlar sinadi xayot zo'ridan.Tashvishlar o'raydi to'rt tamoningdan,suyak chiqib qolar yegan noningdan.O'zingniki o'tar nogox joningdan,yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.Atalaga ham gox botmaydi tishing,topilmay qoladi bir yo'qlar kishing.Nomardu-pastlarga tushmasin ishing,yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.Manman degan yigitlar sinadi,hayot zo'ridan.Xudo o'zi bilar Kim qachon ketar,lekin dunyo kamin biling xum etar.