SO'NGI QO'NG'IROQ!.
Otib ketdi bu sho'hlik yillar,
Aylanadi sokin vaqt millar.
Bu kunlarga yetmadi kimlar,
Chalinmay turaqol so'ngi qo'ng'iroq!
Yurak qiynaladi mayning so'ngida,
Ko'zlarimga tomchi to'ldirmagin yosh.
Mayus esgam shivir shamol o'ngida,
Chalinmay turaqol so'ngi qo'ng'iroq!
Nelarga yetadi qo'lim uzatsam,
Ketishga ko'nmaydi ko'ngil yupatsam.
Bobolar izini hushyor kuzatsam,
Chalinmay turaqol so'ngi qo'ng'iroq!
Tomrimda o'zgacha chalinsang titroq,
Shunchalik og'irmi maktabdan ketmoq.
Yo'limda uchradi o'zgacha so'qmoq,
Chalinmay turaqol so'ngi qo'ng'iroq!
Sukunatda qolaman omon,
Qadam bosdik kattalik tomon.
Kelajakka bo'lsang ham narvon,
Chalinmay turaqol so'ngi