Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Dunyoda bayramlar to'lib yotibdi, Ularning asli cho'pchak yo ertak. Bugun hatto quyosh go'zal otibdi Hayit bayramingiz bo'lsin muborak! Gullar bilan to'lib toshganda saxro, Cho'lda gullagan eng go'zal chechak Iymon lazzatidan olingiz bahra Hayit bayramingiz bo'lsin muborak! Shafaqning qo'yniga yashiringan oq Go'zal tong otdi deb bergandek darak Buyuk e'tiqodni ramzi o'laroq Hayit bayramingiz bo'lsin muborak! Dunyoda muhabbatin o'ziga jo aylagan Oyning yuzin yopar ehtimol etak Rasululloh sevib bayram aylagan Hayit bayramingiz bo'lsin muborak! Kufru, shirk, ma'siyat, bo'xtonu g'iybat Islomsiz yo'lkaga sochganda pechak Mo'min birodarim tilagim faqat Hayit bayramingiz bo'lsin muborak!
"Ada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?" Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi uni quchib rosa yig'lagandi. Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida bola oyim tuzalibdilar deya rosa sevingandi. Öy-hayollari özidek sof murg'ak bola oyisiga boshqa sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi. Har kungidek örniga yotarkan bolakay osmonga