Ishonaman, yer teskari aylansa gar,
Ishonaman, gado - shoxga saylansa gar,
Ishonaman, quyosh oyga boylansa gar ...
Mendan kechib ketganinga ishonmayman !
Barmog'inga tillo uzuk taqibdilar,
Sevgimizni so'ng gulxanda yoqibdilar,
Bu yolg'on -a , nega yolg'on to'qibdilar ?
Mendan kechib ketganinga ishonmayman !
Birgalashib osmonlarda uchar edik,
Ko'zni yumib bulutlarni quchar edik,
Sevgimizning visolini kutar edik ...
Mendan kechib ketganinga ishonmayman !
Qizil gulni uzganimiz yodingdami,
Bog' oralab kezganimiz yodingdami,
Aytchi, bugun boshqa inson yoningdami ?
Mendan kechib ketganinga ishonmayman !
Bitta so'zlab , ming o'rgilib kulgan oyqiz,
Sizni sevdim, tanxo sizni degan oyqiz,