*SOG'INCH* Bugun seni sog'indim jonim, Bag'ringa bosh qöygim keladi, Aytgan shirin sözlaring eslab, Seni izlab topgim keladi! Nima qildim senga azizim? Meni tashlab ketding yiroqqa, Hamroh qilib hijron va g'amni, Mahkam bog'lab qöyding firoqqa. Umr ötar, ötar fasllar, Shaksiz ötgay yaxshi-yomon kun, Ötarmu bu hijron va g'amlar? Jonim, sensiz ötgan umr-tun. Chirog'imsan, yöq quyoshimsan, Harorating jonimga rohat, Nihol kabi senga intildim, Kelgin endi, qolmadi toqat.